Ijtimoiy-gumanitar fanlar

THE RELATIONSHIP BETWEEN CADETS' AGE, INDIVIDUAL-PSYCHOLOGICAL AND SOCIO-CULTURAL CHARACTERISTICS AND STRESS RESISTANCE

Cadet, stress resistance, individual-psychological characteristics, temperament, personality traits, self-efficacy, year of study, socio-cultural environment, military education

Authors

  • Muxammadjon ODILOV Mustaqil izlanuvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O‘zbekiston , Uzbekistan

Mazkur maqolada kursantlarning yoshi, individual-psixologik va ijtimoiy-madaniy xususiyatlari bilan stressga chidamliligi o‘rtasidagi bog‘liqlik nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif ushbu uch omil guruhini birlashtirib, ularning stress reaksiyasini shakllantirishdagi o‘zaro ta’sirini yaxlit tarzda ko‘rib chiqadi. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tizimli va qiyosiy tahlil qilish, shuningdek umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Tahlil davomida muallif shu xulosaga keladiki, past nevrotizm, yuqori ekstraversiya va vijdonlilik hamda kuchli o‘z-o‘ziga ishonchga ega kursantlar stressli vaziyatlarda barqarorroq faoliyat yurita oladi; birinchi kurs, ayniqsa moslashuv davri, eng yuqori psixologik yuklamaga ega bosqich hisoblanadi; oilaviy va madaniy muhit esa barcha bosqichlarda muhim himoya vazifasini bajaradi. Xulosalar harbiy ta’lim tizimida psixologik tanlov va individual yordam ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.