TURLI TIZIMDAGI TILLARNING IKS-FEMALAR QIYOSI VA TARJIMASINI BELGILOVCHI OMILLAR

qiyosiy tipologiya, chogʻishtirma tilshunoslik, tarjima, iks-fema, turli tizimdagi tillar.

Authors

Turli qurilishdagi tillarning iks-femalarini qiyosiy oʻrganish va tarjima qilish integratsion xarakterga ega. Uning keng ilmiy quloch yozgani bilan soʻnggi nuqtasi koʻrinmaydigan yoʻnalish boʻlib qolaveradi. Maqolada iks-femik birliklarning koʻlami, mental madaniy muhitga ega millatlarda ularning qamrovi, iks-femalarning qoʻllanilish doirasi tahlilga tortilgan. Bunday izlanishlar sanoqli dunyo tillari bilan muqoyasa qilinib, koʻpincha tipologik farqlar koʻzga tashlanadi. Kichik tillar vakillarining oʻz milliy, madaniy xususiyatlarini adabiyotlari orqali jahon tillari arenasida namoyon qilish istagi ularni qiyos etish, tarjima amaliyotini amalga oshirishga undaydi. Maqola tipologik, lingvokulturologik ilmiy izlanishlar natijasida dunyoga keldi