PUBLITSISTIK MATNLAR TARJIMASIDA LEKSIK VA STILISTIK TA’SIRNI QAYTA IFODALANISHI

Publitsistik matn, tarjima, leksika, stilistika, leksik ta’sir, stilistik ta’sir, qayta ifodalash, tarjima jarayoni, til tuzilmasi, madaniy xususiyatlar, mustahkam ifodalar, ijtimoiy-siyosiy kontekst

Authors

  • Gulrux GAFUROVA Jizzax davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi , Uzbekistan

Mazkur ishda publitsistik matnlarning tarjimasida leksik va stilistik ta’sirlarning qanday qayta ifodalanishi tahlil qilinadi. Publitsistika, o‘zining maqsadi va xususiyatlariga ko‘ra, jamiyatni axborot bilan ta’minlash va uning fikrini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tarjima jarayonida nafaqat til tuzilmasi, balki matnning leksik va stilistik elementlari ham o‘zgartirilishi mumkin. Bu jarayon tarjimonning malakasi va matnning maqsadiga qarab turlicha amalga oshiriladi. Ishda, leksik va stilistik ta’sirlarning tarjimadagi ahamiyati, ularning mazmun va uslubga qanday ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, tarjima natijasida o‘zgarishlar yuz berishi mumkinligi tahlil qilinadi. Tarjimaning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun matnning muallif tomonidan kiritilgan xususiyatlarini saqlab qolish zarur, bu esa o‘z navbatida tarjimonning tilni va madaniyatni chuqur bilishini talab qiladi.