“BOQIY DARBADAR” ROMANIDA EVRILISH MOTIVI VA MUALLIFNING IJTIMOIY-FALSAFIY IDEALI

mif, mifologiya, mifologik tafakkur, metamarfoza (evrilish), evrilish motivi, Ilmiy-fantastik roman va b.

Authors

Ushbu maqolada mifologik qobiqlarda shakllanib, keyinchalik xalq og‘zaki ijodining turli epik katta-kichik janrlari tarkibida tadrijiy taraqiyot yo‘lini bosib o‘tgan metamarfozaning, allaqachon, yozma adabiyotda motiv sifatida shakllanib ulgurgan hamda istiqlol davri zamonaviy nasrida etkachi adabiy vosita sifatidagi imkoniyatlari va ijodkor ijtimoiy-falsafiy konsepsiyasini anglatishdagi zarur ahamiyati misollar yordamida tahlil etilgan. Shuningdek, shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan zamonaviy dunyo va o‘tmish voqeligini solishtirishda evrilish motivining roman janri imkoniyatlariga to‘la mosligi ochib berilgan.