INTERYER DIZAYN TERMINOLOGIYASIDA KONNOTATIV MA’NOLAR (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)

Interyer dizayn, konnotativ ma’no, lingvomadaniy tafovut, estetik idrok, semantik siljish, ingliz va o‘zbek tillari, dizayn terminologiyasi

Mualliflar

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi interyer dizayn terminlarining konnotativ qirralari lingvosemantik va lingvomadaniy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida har ikki tilga oid atamalarning madaniy asoslari, estetik va psixologik xususiyatlari o‘rganilib, ularning semantik va konnotativ tafovutlari yoritib berilgan. Shuningdek, tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik siljishlar hamda konnotativ ma’no yo‘qotilishi holatlari ochib berilgan. Maqolada interyer dizayn leksikasini konnotativ jihatdan o‘rganishga doir ilmiy-uslubiy tavsiyalar ilgari surilgan.