Tabiiy fanlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JIZZAH VILOYATI BAXMAL TUMANINING JANIBUY-SHARQIY QISMIDAN TERILGAN PYRUS PYRASTERNING FLAVONOID TARKIBI

Pyrus pyraster, flavonoidlar, ekstraksiya, YuSSX, antioksidant faollik, rutin, funksional mahsulotlar.

Mualliflar

Ushbu ishda O‘zbekiston Respublikasi Jizzah viloyati Baxmal tumanining janubiy-sharqiy qismida o‘suvchi yovvoyi nok (Pyrus pyraster) mevalari ekstraktlarining flavonoid tarkibi natijalari keltirilgan. Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) usuli yordamida diod-matritsali deteksiya bilan asosiy flavonoid birikmalar: gall kislotasi, rutin, izokversetin va giperazidlar identifikatsiyalandi va miqdoriy aniqlandi. Flavonoidlarning eng ko‘p miqdori suvli ekstraktlarda aniqlangan bo‘lib, bunda rutin (39,06±0,04 mg/100 g quruq moddaga nisbatan) asosiy birikma sifatida tavsiflandi. Turli erituvchilar (suv, 40% va 70% etanol) ishtirokida ekstragent samaradorligini taqqoslash natijalariga ko‘ra, suv biologik faol moddalarni ajratib olishning optimal sharoiti sifatida baholandi. Tadqiqot natijalari Pyrus pyrasterni farmatsevtika, oziq-ovqat va kosmetika sanoatida qo‘llash uchun tabiiy antioksidantlar manbasi sifatida uning mevalari yuqori potensialga egaligini tasdiqlaydi. Bunda asosiy mezon ekstraktlarni oziqovqat va nutritsevtika funksional mahsulotlarida qo‘llash istiqbollariga qaratilgan.