Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA LEKSIKOLOGIYA BO‘LIMINI O‘QITISH MUAMMOLARI

Metodika, leksikologiya, konseptual ma’no, kontekst, matn, so‘z o‘zlashtirish, tushunish, sema, boshlang‘ich sinf.

Mualliflar

Boshlang‘ich sinf davri o‘quvchilarda faol so‘z o‘zlashtirish, tushuncha, idrok, xotira va diqqatning shakllanishi bilan xarakterli. Bu jarayonda so‘z va uning mohiyatini to‘g‘ri tushunish, idrok qilish va qo‘llay olish ko‘nikmalarining shakllanishi o‘quvchi dunyoqarashining boyib borishida muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda leksikologiya bo‘limini o‘qitish uchun tizimli yondashuvni ishlab chiqishda mavjud muammolarni aniqlash, tahlil qilish va muqobil yechimlarni ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maqolada boshlang‘ich sinflarda leksikologiya bo‘limi o‘qitish va shu jarayon bilan bog‘liq muammolar masalasi misol va tahlillar asosida yoritilgan.