Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ANORGANIK KIMYO FANINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI: SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA O‘QITISHNING YANGI BOSQICHI

sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, kimyo ta’limi, anorganik kimyo, interaktiv o‘qitish, virtual laboratoriya, ta’lim texnologiyalari, o‘qitish metodikasi, fanlararo integratsiya, AI pedagogik vositalari.

Mualliflar

  • Nilufar BOBOYAROVA O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi , Uzbekistan

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida kimyo fanining raqamli transformatsiyasi va sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari yordamida o‘qitishning yangi bosqichi tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning ta’limdagi o‘rni, ayniqsa anorganik kimyo fanini samarali va interaktiv o‘qitishda tutgan o‘rni yoritiladi. Sun’iy intellekt vositalari orqali o‘quv jarayonini individuallashtirish, murakkab kimyoviy jarayonlarni vizualizatsiya qilish, tahlil qilish va virtual laboratoriyalar yaratish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi o‘qitish metodikasi o‘quvchilarda chuqur fanlararo tafakkurni shakllantirish, mustaqil fikrlash va tajribaviy bilimlarni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalarini kimyo ta’limiga samarali integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.