Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TALABALARNING MILLIYLIK ASOSIDA VATANGA MUHABBAT TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMI

Vatan, etnopedagogika, “Vertikal model”, milliy identifikatsiya, “Temurbek maktabi”, “Kamalak” bolalar tashkiloti, milliy o‘zlik, xalq og‘zaki ijodi, aniq-alomatli bosqich, amaliy-birodarona bosqich, reflektiv bosqich.

Mualliflar

Ushbu maqolada talabalarda milliy qadriyatlar, urf - odatlar, til va tarix asosida Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish mexanizmlari o‘rganiladi. Milliylik – shaxsning o‘z xalqiga, madaniyatiga, an’analariga hurmat bilan qarashi orqali Vatanga bo‘lgan sadoqatini mustahkamlovchi asosiy omillardan biri sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda talabalarda ijtimoiy - psixologik, pedagogik va ma’naviy tarbiya usullari orqali milliy o‘zlikni anglash va Vatanga mehr-muhabbatni uyg‘otish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida etnopedagogika asosida tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar beriladi. Ish natijalari talabalarda fuqarolik pozitsiyasi va vatanparvarlik hislarini rivojlantirishga xizmat qiladi.