Tabiiy fanlar

ALOE VERA O’SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN ENDOFIT ZAMBURUG’LARINING FITOKIMYOVIY TAHLILI VA UREAZA INGIBIRLOVCHI FAOLIYATI

endofit zamburug‘lar, Aloe vera o‘simligi, ingibitorlik faolligi, fitokimyoviy tarkibi.

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda Aloe vera o'simligidan ajratib olingan 13 ta endofit zamburug'larning ureazani ingibirlovchi faolligi tekshirildi. Aloe vera o'simligining AV5L (88,1%), AV6L (88,0%), AV4L (60%) va AV8R (63%) endofit izolatlarining ekstraktlarini o'rganish va ularning ureazaga nisbatan yuqori ingibitorlik faolligi ko'rsatildi. Taqqoslash uchun, Aloe vera barglari ekstrakti o'rtacha ingibitorlik faolligni ko'rsatdi (50%). Standart ureaza ingibitori tiokarbamid eng yuqori ingibitorlik darajasini ko'rsatdi (94%).
Ushbu birikmalar sinflarining mavjudligi ushbu shtammlarning ureazani ingibirlash uchun ma’sul bo'lgan biologik faol moddalar manbai sifatida potensialini ko'rsatadi. Olingan natijalar tabiiy kelib chiqishi samarali ureaza ingibitorlari manbalari sifatida muhim salohiyatga ega bo'lgan Aloe vera endofit izolatlaridan foydalanish istiqbollarini tasdiqlaydi.