Tabiiy fanlar

VINKANIDIN ETIL YODID INDOL ALKALOIDINING RELAXANT TA’SIRIDA K -KANALLARINING ROLI

аorta, vinkanidin etil yodid, K+-kanal, relaksant

Mualliflar

Tabiiy indol alkaloidlari qon tomir agenti sifatida vazodilatator ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda vinkanidin etil yodid indol alkaloidining konsentratsiyaga bog‘liq relaksant ta’siri va uning endoteliya qavati hamda K+ -kanal modulyatsiyasi orqali ta’siri o‘rganildi. Vinkanidin etil yodid endoteliyga ega aorta halqalarida dozaga bog‘liq kuchli relaksant ta’sir ko‘rsatdi va BaCl₂ hamda 4–AP bilan oldindan inkubatsiya qilinganida relaksant ta’siri kamaganligi kuzatildi. Vinkanidin etil yodid (12-gidroksinorfluorokurarin etil yodid) ning relaksant ta’sirida Kir va KV - kanallarining muhim rol o‘ynashi, bu NO/sGC/cGMP/PKG signal yo‘li orqali faollashadi.