Tabiiy fanlar

“QUMTOSH” TURIDAGI URAN MA’DANLASHUVINING LITOLOGIK-FATSIAL XUSUSIYATLARI

Bukantog‘, Tomditog‘, qatlamli oksidlanish zonasi, yoriqli-karst suvlar, uranma’danli xudud, fatsial majmua, qum, qumtoshlar.

Mualliflar

Maqolada Bukantog‘ va Tomditog‘ uran ma’danli xududlarida qumtosh turidagi uran ma’danlarining shakllanishini nazorat qiluvchi litologik-fatsial omillar keltirilgan. Bukantog‘ va Tomditog‘ uranma’danli hududlarining uran ma’danlashuvi fatsial tahlilning bosqichli dinamik tamoyilidan foydalanib fatsial majmualar, kamarlar va zonalar darajasida chuqur tahlil qilingan. Mavjud sanoat ahamiyatiga molik uran konlari yer usti tekisliklari fatsial majmuasining- tekislik vodiylari; sohil bo‘yi - dengizosti tekisliklari fatsial majmuasining - suvosti deltalari va urinma to‘lqinlar fatsial kamarlari bilan bevosita bog‘liq ekanligi aniqlandi. Bunda uran ma’danlari asosan fatsial kamarlarning bo‘lakli fatsial zonasi jinslarida shakllangan bo‘lsada, illi zona jinslari ma’dan nazorat qiluvchi hisoblanadi.