Ijtimoiy-gumanitar fanlar

REASONS FOR MODIFICATION OF TEACHING LANGUAGE TO MEDICAL STUDENTS

Medical education, language modification, medical students, medical research, patient safety, medical terminology, English language proficiency, global healthcare, professional development, medical school.

Mualliflar

So‘nggi yigirma yil ichida tibbiy ta’lim globallashuv, yangi texnologiyalar va sog‘liqni saqlash xizmatlarining turli mamlakatlar bo‘ylab kengayishi tufayli sezilarli darajada o‘zgardi. Ushbu tadqiqot ingliz tili o‘qitilishi nega tibbiy ta’limga kiritilayotganini nazariy tahlil va tibbiyot talabalri o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov asosida o‘rganadi. Kuzatuvlarga ko‘ra, talabalarning aksariyati ingliz tilini o‘rganish uchun deyarli bir sababga ega – ular haqiqiy manbaalarni o‘qish orali ko‘proq bilim olishni xohlashadi. Ba’zi talabalar esa zamonaviy tibbiy jihozlardan foydalanish uchun ingliz tili zarurligini ta’kidlashadi. Bugungi kunda ingliz tili tibbiy adabiyotlarda asosiy til sifatida e’tirof etiladi. Sog‘liqni saqlash sohasi tobora xalqaro tus olmoqda, texnologiyalar tez sur’atlarda rivojlanmoqda va ish imkoniyatlri kengaymoqda. Bu jarayon talabalarga kasbiy faoliyatda kengroq imkoniyatlar yaratdi, bemorlar esa so‘nggi tibbiy ma’lumotlardan xabardor shifokorlar xizmatidan foyda ko‘radi. Shuningdek tibbiyot sohasi turli mamlakatlardan bo‘lgan mutaxassislarning hamkorlikda ishlashi natijasida yanada rivojlanadi.