Ijtimoiy-gumanitar fanlar

XORIJIY ADABIYOTNI O‘QITISHDA INTERAKTIV TAHLIL METODLARI

xorijiy adabiyot, interaktiv metodlar, badiiy matn tahlili, madaniyatlararo kompetensiya, filologik ta’lim, tanqidiy fikrlash

Mualliflar

Ushbu maqolada xorijiy adabiyotni o‘qitish jarayonida interaktiv tahlil metodlaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Interfaol yondashuvlar talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, badiiy matnni chuqur anglash hamda madaniyatlararo tafakkurni shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Tadqiqotda munozara, debat, kichik guruhlarda ishlash, “klaster”, “aqliy hujum” kabi metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, interaktiv metodlar talabalarning estetik didi va tahliliy kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi.