Ijtimoiy-gumanitar fanlar

DAVLAT BOSHQARUVINI SHAKLLANTIRISHDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLINI OSHIRISH MUAMMOLARI

Siyosiy partiya, davlat boshqaruvi, hokimiyat, siyosiy tizim, siyosiy institutlar, demokratiya, parlament, fuqarolik jamiyati, elektorat

Mualliflar

Globallashuv jarayonining jadallashuvi jamiyatda siyosiy institutlarning ham faoliyatini takomillashtirish ehtiyojini oshirmoqda.
Ayniqsa fuqarolik jamiyatining eng kuchli institutlaridan biri bo‘lgan siyosiy partiyalar faoliyatida zamonaviy axborot
texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishning keng joriy qilinayotganligi ularning yangi shakllarini paydo qilmoqda. Siyosiy
partiyalar aholining muayyan ijtimoiy qatlamlari manfaatlarini hokimiyat oldida himoya qilishi bilan bir qatorda uning davlat
boshqaruvini shakllantirishdagi markaziy siyosiy tuzilma sifatida tadqiq etish dolzarbdir.
Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning jadallashuvi unda siyosiy partiyalarning ishtirokini
kengaytirish hamda davlat boshqaruvini shakllantirishdagi rolini oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy mexanizmlari
takomillashtirilib borilayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.