Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI HAMKORLIKDA O‘QITISHDA ART-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARINI TASHKIL ETISH

art-pedagogik texnologiyalar, hamkorlikda o‘qitish, pedagogik shart-sharoitlar, integrativ omillar majmuasi, kollaborativ kompetensiya, emotsional-refleksiv tayyorgarlik, psixologik xavfsiz muhit, vizual ekspressiya.

Mualliflar

  • Kamola SUVANOVA Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi dotsenti, PhD, Uzbekistan

Ushbu maqolada zamonaviy oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni hamkorlikda o‘qitishning art-pedagogik shartsharoitlarini tashkil etishning nazariy va metodik asoslari tadqiq etilgan. Hamkorlikda o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishning bosqichli algoritmi hamda majburiy fanlar, mustaqil ta’lim va malakaviy amaliyotning uzviy bog‘liqligini ta’minlovchi pedagogik mexanizmlar hamda art-pedagogik texnologiyalarni ta’lim muhitiga joriy etish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy adaptivligini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar keltirilgan.