BUGUNGI ZAMONAVIY RAHBARNING ISH FAOLIYATIDA VAQTDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Rahbar mehnati, vaqt, samaradorlik,muomala madaniyati, halol-pok, vijdonli, iymonli, qattiqo‘l, diyonat, mehrshafqat, kamtarlik

Mualliflar

Ushbu maqolada bo‘lajak zamonaviy raxbarning o‘z ish vaqtidan to‘g‘ri foydalanib yuqori samaradorlikka erishish yo‘llari haqida so‘z yuritilib, unda oliy ta’lim o‘quv muassasalarida bo‘lajak rahbarlik faoliyatini boshlagan har qanday yangi rahbarlar aqliy mehnat orqali boshqaruvda vaqtdan to‘g‘ri foydalanish, uning muomalasi, insoniy fazilatlari o‘z kasbining egasi sifatida ish samaradorligiga erishish asosiy maqsad ekanligini yoritishga harakat qilingan. Rahbarning mehnati, ayni vaqtda tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyat hisoblanib, unga sarflangan kuch, mablag‘ evaziga albatta samarali foyda keltirishni oldindan ko‘ra olishi va bunga tayyor bo‘lish lozim.