INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ERKAK VA AYOLLARNING IJTIMOIY VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARINI AKS ETTIRUVCHI MAQOLLARNING IFODALANISHI

Maqol, erkak, ayol, ijtimoiy xususiyat, fiziologik xususiyat, gender, genderologiya, ingliz tili, o’zbek tili, mardlik, jasurlik, frazeologizm, mehnatsevarlik, go’zallik, ojizlik.

Mualliflar

  • Ozoda XAKIMBAYEVA O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi , Uzbekistan

Ilm fanning rivojlanishi natijasida gender tushunchasi har bir sohaga kirib kelayotganligi hechkimga sir emas. Tilshunoslikda ham genderologiyani o’rganish ko’plab olimlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Har bir sohada erkak va ayol tushunchalariga nisbatan ta’riflar berilib, ularning jamiyatdagi roli, ijtimoiy xususiyatlari dolzarb mavzuga aylanmoqda. Mazkur maqolada aynan erkak va ayollarning ijtimoiy fiziologik xususiyatlari maqollarda qanday aks ettirilganligini ikki til misolida misollar yordamida ko’rib chiqamiz.