FRAZEOLOGIK IBORALAR TARJIMASINING BA’ZI MASALALARI

globallashuv, frazeologik birliklar, madaniyat xilma-xilligi, klassifikatsiya, tarjima nazariyasi, tarjima usullari, muammo va yechimlar.

Mualliflar

  • Elyor MUSTAFAYEV Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi, Uzbekistan

Bugungi globallashuv davrida tillar oʻrtasida aloqalar rivojlanmoqda. Natijada tilning oʻziga xos xususiyatlarini tadqiq etish va ularni rivojlantirish ustuvor vazifaga aylandi. Jumladan, nutqni ta’sirchan va jozibador qiladigan iboralar (frazeologik birliklar) muhim kasb eta boshladi. Biroq, frazeologik iboralarni o‘zbek va ingliz tillariga tarjima qilishda madaniyatlar xilma-xilligi va tillar oʻrtasidagi farqlar o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Frazeologik iboralarning oʻrganilishi va klassifikatsiyasi masalalari
bilan bir qatorda ularning tarjimasi ham tarjima nazariyasi va amaliyotining, umumiy ma’noda bugungi zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Ushbu maqolada frazeologik iboralarning tarjimasidagi muammolar va ularning yechimlari keng tahlil qilinadi. Shuningdek, tarjima amaliyotidagi turli xil tarjima usullari qiyoslanadi va ular misollar bilan asoslantiriladi. Muallif nafaqat oʻzbek, balki ingliz tilida iboralarning tarjima masalalarini solishtirish orqali tarjimaning nozik jihatlariga urgʻu beradi