INGLIZ TILINI O‘RGANAYOTGAN TALABALARDA SOTSIOLINGVISTIK KOMPETENTSIYANI RIVOJLANTIRISH: USULLAR VA AMALIY YONDASHUVLAR

Madaniyat, sotsiolingvistik kompetentsiya, ingliz tili ikkinchi til sifatida, pragmatik transfer, madaniyatlararo farq.

Mualliflar

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘rganayotgan talabalarda sotsiolingvistik kompetentsiyani rivojlantirish uchun turli xil usullar va amaliy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Samarali muloqot uchun madaniy tushunchalar va pragmatik ko‘nikmalar muhimligi ta’kidlanadi. Bruks, Teylor va Sorenson tomonidan taklif qilingan madaniyatni o‘qitish metodlari tahlil qilinib, ular yordamida talabalar madaniyatlararo farqlarni anglab yetishi va muloqotdagi xatolardan saqlanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Til darslarida madaniy o‘qitishni integratsiyalash orqali o‘quvchilarni turli xil ijtimoiy sharoitlarda tabiiy va mos ravishda muloqot qilishga yordam berish mumkinligi ta’kidlanadi.