INGLIZ TILIDAN O‘ZBEK TILIGA TARJIMADA KELASI ZAMON FE’L MA’NOLARINI SINTAKTIK VA STILISTIK XUSUSIYATLARI (BADIIY TARJIMADA)

Qiyosiy tipologiya, kelasi zamon, stilistik, sintaktik-semantik xususiyatlar, tarjima, kategoriya, harakat, turg‘unlik, modallik.

Mualliflar

  • Feruza ZARIPOVA Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘qituvchisi , Uzbekistan

Zamon kategoriyasi qiyosiy tipologiyada tadqiq qilinadigan universal til kategoriyalaridan biridir. Bu quyidagi turkum barcha tillarning fe’l tizimida mavjud. Ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy tipologik asosda o‘rganilgan, ular fe’lning zamon shakllariga ega, shuningdek, morfologik, leksik va sintaktik ifoda vositalariga ega. Ikkala tilda ham fe’l zamonlari uchta zamon bilan belgilanadi: hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon.