TARJIMADA MADANIY OMILLARNING AHAMIYATI

Tarjima, madaniy omillar, begonalashtirish, o‘zlashtirish, madaniy tafovutlar, tarjima strategiyalari, tarjimon kompetensiyasi, madaniy moslashuv, tarjima sifati, tarjima jarayoni.

Mualliflar

Ushbu tadqiqot tarjimada madaniy omillarning ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, tarjima jarayonida madaniy tafovutlarni hisobga olish muhimligini yoritadi. Tarjimonlar tomonidan qo‘llaniladigan strategiyalar, xususan begonalashtirish (foreignization) va o‘zlashtirish (domestication) usullari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, madaniy omillarning turli turdagi matnlar – adabiy, ilmiy, huquqiy va audiovizual tarjimalarga ta’siri o‘rganilgan. Bugungi taraqqiyot davrida tarjimonlar faqat lingvistik jihatlargagina emas, balki madaniy kontekstga ham e’tibor qaratishlari zarur. Madaniy tafovutlarni hisobga olish tarjima sifati va matnni qabul qilish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot tarjima amaliyotini yanada takomillashtirish, tarjimonlarning madaniy kompetensiyasini oshirish va tarjima jarayonida madaniy tafovutlarni inobatga olish muhimligini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.