TALABALARDA KREATIVLIK XUSUSIYATLARI NAMOYON BO‘LISHINING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI

Kreativlik, ijodkorlik, talabalarda kreativlik, ijodiy fikrlash, psixologik xususiyatlar, metodologik asoslar, kreativ yondashuv, ta’lim jarayoni, ijodiy qobiliyat, innovatsion ta’lim.

Mualliflar

Mazkur maqolada talabalar kreativlik xususiyatlarining namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi nazariy va metodologik asoslar tahlil qilinadi. Kreativlik tushunchasining turli ta’riflari, uning psixologik va pedagogik jihatlari, shuningdek, kreativlikni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, kreativlikni rivojlantirish usullari va metodlari, talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qiluvchi yondashuvlar muhokama qilinadi. Maqolada J. Gilford, E. Torrens, S. Mednik kabi olimlarning kreativlik haqidagi qarashlari va ularning zamonaviy ta’lim tizimida qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda kreativlik diagnostikasi va uni baholash mezonlariga alohida e’tibor qaratilgan.