MIRZO ULUG‘BEK ILMIY MEROSINING TEMURIYLAR TARIXIDA TUTGAN O‘RNI

Mirzo Ulug‘bek, temuriylar, rasadxona, madrasa, “Zij” “Tarixi arbaa’ ulus”

Mualliflar

Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosi Temuriylar tarixida muhim o‘rin tutadi. U o‘z davrining buyuk astronomi, matematigi va davlat arbobi sifatida Samarqandni ilmiy markazga aylantirgan. Uning “Ziji jadid ko’ragoniy” asari astronomiya sohasida muhim yutuq bo‘lib, o‘rta asr ilmining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Ushbu maqolada Ulug‘bekning ilmiy faoliyati, uning rasadxonasi faoliyati va Temuriylar davrida ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasini tahlil qilingan. Maqolada, shuningdek, tarixiykomparativ va manbaviy-tahliliy metodlar yordamida Ulug‘bek merosining Temuriylar davridagi madaniy va ilmiy taraqqiyotga ta’siri aniqlanadi. Shuningdek, ilmiy faoliyatining zamonaviy tadqiqotlar uchun ahamiyati va merosini saqlash hamda rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan