MAQOLLAR, MATALLAR VA ULARNING O‘RGANILISHI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLLARI MISOLIDA)

Maqol, matallar, parema, majoziy-emotsional ma’no, kommunikativ guruh, ijod mahsuli

Mualliflar

Maqol-matallar va naql har bir millat va xalqning milliy-madaniy qarashlari, turmush-tarzi va hayotiy xulosalari hosilasi sifatida tilning leksik qatlamidan o‘rin egallaydi. Ular axloqiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi hikmatli iboralardir. Paremalar semantik, funksional, komponentik jihatdan bir-biridan farq qiladi, shunga ko‘ra maqol, matal, kabi kichik guruhlarga bo‘linadi. Ushbu maqolada paremalarning frazeologik birliklarning alohida bir guruhi sifatida ingliz va o‘zbek tillarida o‘rganilishi va ularning xoslanish masalasi borasida so‘z yuritiladi.