Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ВUXORO XONLIGINING SIYOSIY VA MADANIY RIVOJIDA IMOMQULIXONNING TUTGAN O‘RNI VA ROLI

Buxoro xonligi, Imomqulixon, Samarqand, siyosiy boshqaruv, Toshkent, Balx, qozoq sultonlari, Yalangto‘sh Bahodir, Jo‘ybor xojalari, Muhammad Yusuf Munshiy, hunarmandchilik, me’morchilik, ilm-fan, ta’lim tizimi

Mualliflar

XVI asrda tashkil topgan Buxoro xonligi (rasman 1533-yil) o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutadi. Xonlik dastlab Shayboniylar sulolasi (1501–1601), so‘ngra Ashtarxoniylar sulolasi (1601–1756) tomonidan boshqarilgan. Shayboniylardan Shayboniyxon (1501–1510) va Abdullaxon II (1556–1598), Ashtarxoniylardan esa Imomqulixon (1611–1642) davrida davlat siyosiy va iqtisodiy jihatdan yuksalishga erishgan. Xususan, Imomqulixon davrida Buxoro xonligi markazlashgan qudratli davlatga aylangan, markaziy hokimiyat mustahkamlangan va madaniy taraqqiyot tez sur’atlar bilan rivojlangan. Ushbu maqolada Buxoro xonligining shakllanishi, siyosiy boshqaruv tizimi, hududiy kengayish jarayoni va madaniy hayoti tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi