Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MILLIY MADANIYAT VA HISSIY LEKSIKA: KONSEPTUAL YONDASHUV

Milliy madaniyat, hissiy leksika, konseptual yondashuv, til va tafakkur, kognitiv lingvistika, metafora, emotsional konsept, lingvokulturologiya, semantik maydon, o‘zbek tili.

Mualliflar

Mazkur maqolada milliy madaniyat va hissiy leksika o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik konseptual lingvistika nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Inson hissiyotlarining til vositasida ifodalanishi milliy tafakkur va madaniy an’analar bilan bevosita bog‘liq ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot doirasida o‘zbek tilidagi hissiy leksik birliklarning semantik ko‘lami, ularning metaforik va assotsiativ xarakteri, xalqning dunyoqarashini aks ettiruvchi aspektlari chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, boshqa tillar bilan taqqosloviy tahlil orqali o‘zbek madaniyatiga xos emotsional konseptlar ajratib ko‘rsatiladi