Ijtimoiy-gumanitar fanlar

QAYTA QURISH DAVRIDA O‘ZBEKISTON SSRDA IQTISODIY TANGLIKNING VUJUDGA KELISH SABABLARI

Qayta qurish, M.Gorbachyov, ma’muriy-taqsimlash, paxta, iqtisodiyot, salbiy munosabatlar, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiy inqiroz, milliy munosabatlar, kam ish haqi

Mualliflar

  • Farrux DILMURODOV Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti assistent o‘qituvchisi, Uzbekistan

Ushbu maqolada qayta qurish davrida O‘zbekiston SSRda amalga oshirilgan iqtisodiy sohalardagi o‘zgarishlar va ushbu sohalarda yo‘l qoyilgan kamchiliklar haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Ma’muriy boshqaruv tizimi samarali iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish o‘rniga, resurslarni taqsimlashda notekislik va noxush ta’sirlar keltirib chiqardi, bu esa iqtisodiy o‘sishni to‘xtatishga va ishlab chiqarish jarayonlarini samarali boshqarishda jiddiy qiyinchiliklarga olib keldi. Islohotlar davomida yuzaga kelgan siyosiy va iqtisodiy muammolar mamlakatda ijtimoiy-siyosiy inqirozning chuqurlashishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, paxtachilik siyosatidagi qo‘shib yozishlar jamiyatni qayta qurish islohotiga bo‘lgan munosabati, bu davrdagi milliy munosabatlar masalasi sotsialistik iqtisodiyotdagi kamchiliklar va uni isloh etishga bo‘lgan harakatlar, dehqonchilik va chorvachilik sohalaridagi kamchiliklar haqida batafsil bayon etilgan.