Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INTERAKTIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ORQALI TALABALAR KREATIV VA TANQIDIY FIKRLASH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

interaktiv ta’lim texnologiyalari, kreativ fikrlash, tanqidiy fikrlash, kompetensiya, metodika, eksperimental tadqiqot, pedagogik innovatsiya.

Mualliflar

  • Nasiba MIRZAYEVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi, Uzbekistan

Mazkur ilmiy maqolada interaktiv ta’lim texnologiyalari yordamida talabalarda kreativ va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi yoritilgan. Kirish qismida 21-asrda kreativ va tanqidiy tafakkurning ahamiyati, ta’limda mazkur kompetensiyalarni rivojlantirish zarurati hamda interaktiv yondashuvning ustunliklari asoslab berilgan. Tadqiqot metodologiyasi bo‘limida eksperimental tadqiqot dizayni – nazorat va tajriba guruhlari ishtirokidagi pedagogik tajriba, interaktiv ta’lim metodlarini joriy etish jarayoni, o‘lchov vositalari (ijodiy va tanqidiy fikrlash testlari) bayon etilgan. Shuningdek, pedagogik jarayonda bu metodikadan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda kelgusidagi tadqiqotlar uchun takliflar berilgan.