Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“OR-NOMUS” KONSEPTI ORQALI TILNING IJTIMOIY VA AXLOQIY FUNKSIYASINI TADQIQ ETISH

Or-nomus (sharaf va qadr-qimmat), nutqiy akt, lingvopragmatika, ijtimoiy funktsiyalar, axloqiy qadriyatlar.

Mualliflar

  • Guli YULDASHEVA Iqtisodiyot va pedagogika universiteti stajyor o‘qituvchisi , Uzbekistan

Mazkur maqola “Or-nomus” konsepti orqali tilning ijtimoiy va axloqiy funksiyasini chuqur tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, unda tilning kommunikativ, madaniy va ma’naviy jihatlari o‘rganiladi. Tadqiqotning nazariy asosini nutqiy aktlar nazariyasi tashkil etadi; maqolada “or” va “nomus” tushunchalarining lingvopragmatik xususiyatlari, ya’ni til birliklaridagi ijtimoiy va axloqiy ma’nolari batafsil ko‘rib chiqiladi. Maqolada lokutsion, illokutsion va perlokutsion aktlar doirasida “or-nomus” konsepti qanday ishlashi tahlil qilinadi. Lokutsion akt darajasida bu konsept oddiy xabar yoki tasviriy ifoda sifatida yuzaga chiqadi, illokutsion akt doirasida esa undash, ogohlantirish va nasihat kabi kommunikativ niyatlar aks ettiriladi. Perlokutsion akt esa tinglovchi yoki o‘quvchida psixologik, axloqiy va amaliy ta’sir uyg‘otish orqali ijtimoiy qadriyatlarga rioya qilishga undash funksiyasini bajaradi.Badiiy matnlarda bu konsept insoniy fazilatlarni shakllantirish, ijtimoiy axloqiy meyorlarni targ‘ib qilish va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash vositasi sifatida xizmat qiladi.