Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TIL VA INSON OMILI: PRAGMATIK YONDASHUVNING MOHIYATI

. Mafkuraviy taraqqiyot, ta’lim, tarbiya, tarixiy meros, ommaviy madaniyat, tahdid, qadriyat, mafkura, ma’naviyat, jamiyat, yodgorlik majmuasi.

Mualliflar

Mazkur maqola zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan pragmatikaga bag‘ishlangan. Semantika til birliklarining ma’nosini, sintaksis esa ularning grammatik tuzilishini tadqiq etsa, pragmatika tildan foydalanish jarayonida inson omili, ya’ni gapiruvchi va tinglovchi, kommunikativ vaziyat va ijtimoiy-madaniy omillarning rolini o‘rganadi.
Maqolada pragmatikaning predmeti sifatida til, nutqiy vaziyat va muloqot ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tahlil qilingan. Shuningdek, uning asosiy tushunchalari – kommunikativ vaziyat, deiksis, nutq akti, presuppozitsiya va implikatura ilmiy-nazariy nuqtai nazardan keng yoritilgan. Ushbu tushunchalar til birliklarining oddiy semantik mazmunidan tashqari, ularning vaziyatga qarab qanday qo‘shimcha ma’nolar hosil qilishini ko‘rsatadi. Maqolada, shuningdek, pragmatikaning amaliy ahamiyatiga ham e’tibor qaratilgan. Badiiy matnni tahlil qilish, siyosiy nutqlar va reklama matnlarining ta’sirchanligini baholash, chet tillarini o‘qitishda muloqot vaziyatlarini shakllantirish, ijtimoiy tarmoqlarda qisqa va ramziy ifodalarni izohlash kabi sohalarda pragmatika keng qo‘llanadi. Bu esa uning nazariy bo‘lishi bilan birga amaliy ahamiyatga ham egaligini ko‘rsatadi.