TIL VA INSON OMILI: PRAGMATIK YONDASHUVNING MOHIYATI
##submission.downloads##
Mazkur maqola zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan pragmatikaga bag‘ishlangan. Semantika til birliklarining ma’nosini, sintaksis esa ularning grammatik tuzilishini tadqiq etsa, pragmatika tildan foydalanish jarayonida inson omili, ya’ni gapiruvchi va tinglovchi, kommunikativ vaziyat va ijtimoiy-madaniy omillarning rolini o‘rganadi.
Maqolada pragmatikaning predmeti sifatida til, nutqiy vaziyat va muloqot ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tahlil qilingan. Shuningdek, uning asosiy tushunchalari – kommunikativ vaziyat, deiksis, nutq akti, presuppozitsiya va implikatura ilmiy-nazariy nuqtai nazardan keng yoritilgan. Ushbu tushunchalar til birliklarining oddiy semantik mazmunidan tashqari, ularning vaziyatga qarab qanday qo‘shimcha ma’nolar hosil qilishini ko‘rsatadi. Maqolada, shuningdek, pragmatikaning amaliy ahamiyatiga ham e’tibor qaratilgan. Badiiy matnni tahlil qilish, siyosiy nutqlar va reklama matnlarining ta’sirchanligini baholash, chet tillarini o‘qitishda muloqot vaziyatlarini shakllantirish, ijtimoiy tarmoqlarda qisqa va ramziy ifodalarni izohlash kabi sohalarda pragmatika keng qo‘llanadi. Bu esa uning nazariy bo‘lishi bilan birga amaliy ahamiyatga ham egaligini ko‘rsatadi.
1. Nurmonov A. Tilshunoslik nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan, 2001.
2. Сафаров Ш. Парагмалингвистика. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2008. – Б.143.
3. Safarov Sh. Pragmatika. – Toshkent: Universitet, 2008.
4. Hakimov M. Til va madaniyat: lingvopragmatik tahlil. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2015.
5. Mahmudov N. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan, 2005.
6. Мўминов С. Маънавий қадриятлар: муомала сирлари. – Тошкент. Ўзбекистон, 1994. – 50 б.
7. Мўминов С. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятлари. – Фарғона, 2021. – Б.179.
8. Сафаров Ш. Парагмалингвистика. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2008. – Б.144.
9. Narxodjayeva X.. Rasmiy muloqot matnining lingvomadaniy va pragmatik tadqiqi. Monografiya. “Ilm-fan-ma’naviyat” nashriyoti. –Qarshi, 2024.
10. Narxodjayeva X.. Nutqiy muloqot kommunikativ aloqa turi sifatida. Zamonaviy tilshunoslikda madaniyatlararo muloqot. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. –Qarshi, 2024..-B. 37-41.
11. Umurovа F.P. Xushmuomаlаlik kаtegoriyаsining nutq strаtegiyаlаri vа kommunikаtiv funksiyаlаri// Internаtionаl Scientific аnd Prаcticаl conference “Аctuаl issues science”. 2024. –B. 209-215.
Mulkiiyat (c) 2025 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..






.jpg)

.png)





