Tabiiy fanlar

STRESS SHAROITIDA YETISHTIRILGAN SALSOLA RICHTERI KALLUS TO‘QIMALARIDA ERKIN AMINOKISLOTALAR VA VITAMINLAR MIQDORINING O‘ZGARISHI

Janubiy Orolqum, galofit, Salsola richteri Moq., kallus, erkin aminokislota, vitamin.

Mualliflar

Mazkur tadqiqotda Salsola richteri barg eksplantlaridan olingan kallus to‘qimalarini NaCl ning 50, 100, 200 hamda 300 mM konsentratsiyadagi eritmalari qo‘shilgan ozuqa muhitlariga ekish orqali tuz stressi sharoitida ko‘paytirildi va ularning kimyoviy tarkibi o‘rganildi. Natijada, kallus to‘qimalarida 10 ta almashinmaydigan aminokislotalar mavjudligini, jumladan, 200 mM NaCl qo‘shilgan muhitda, treonin (3,14–6,53 mg/g), arginin (0,60–2,26 mg/g), valin (0,64–0,84 mg/g), gistidin (0,89–1,19 mg/g), triptofan (1,78–1,94 mg/g), fenilalanin (0,36–0,57 mg/g) va lizin (0,06–0,09 mg/g) miqdorlari ortganligi aniqlandi. Almashinadigan aminokislotalardan glitsin va asparagin miqdori 2,94–2,96 mg/g, prolin esa 1,33 mg/g ga yetgani kuzatildi. Shuningdek, S. richteri kalluslari tarkibida askorbin kislotasi hamda B guruh vitaminlari mavjudligi aniqlanib, B6 va B9 vitaminlari miqdori nazoratga nisbatan 5,83–7,92 mkg/g ga ortgani qayd etildi.