Tabiiy fanlar

QARAG‘AY DARAXTLARI VA KO‘CHATLARIDA FUSARIUM FUJIKUROI KOMPLEKSI TURLARI QO‘ZG‘ATADIGAN KASALLIKLAR (SHARH)

Qarag‘ay, o‘rmon, ko‘chatxona, kasallik, yelimli rak, damping-off, ildiz chirishi, poya chirishi, Fusarium, Fusarium circinatum.

Mualliflar

Qarag‘ay va boshqa ignabargli daraxtlarning ko‘chatlarini zamburug‘larning ~140+ turi, jumladan, Fusarium turkumining 50+ turi zararlashi xabar qilingan. Qarag‘aylarda eng ko‘p F. fujikuroi kompleksi turlari uchraydi. Bu kompleks vakili, yelimli rak kasalligini qo‘zg‘atuvchi Fusarium circinatum qarag‘ay daraxtlarini juda kuchli zararlaydigan yagona Fusarium turi bo‘lib, dunyoning issiq va iliq iqlimli barcha mintaqalarida qarag‘ay daraxtlari va ko‘chatlari uchun global xavf-xatar tug‘dirmoqda. Bu tur ko‘p mamlakatlarda karantin ob’ektlar ro‘yxatiga kiritilgan. Keltirilgan ma’lumotlar ko‘chatxonalarni zararli organizmlardan himoya qilishda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin