Ijtimoiy-gumanitar fanlar

RAQAMLASHTIRISH MUHITIDA TALABALARNI KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: TIBBIYOT TA’LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA VIRTUAL REALLIK INTEGRATSIYASI

Axborot texnologiyalari, virtual reallik (VR), tibbiy ta’lim, innovatsion o‘qitish usullari, kasbiy kompetentlik.

Mualliflar

“Raqamlashtirish muhitida tibbiyot” bu tibbiy texnologiyalarni ishlatishda innovatsiyalar va raqamli kommunikatsiyani professional tibbiy xizmatlarni nomoyon etishda bilan bog‘liqdir [1]. Sog‘liqni saqlash talabalari uchun raqamli tibbiyotni kirib kelishi, talabalarga ish faoliyati davomida raqamli kommunikatsiyalardan optimal foydalanish uchun o‘qitish tizmlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish juda muhim hisoblanadi. Bu esa raqamli tibbiyotni imkonyatlarini oshiradi. Raqamli tibbiyotda texnologiyalarni yaratilishi yangi amaliyotlarni paydo qiladi hamda pedagogik metodlarni tubdan o‘zgartirish imkoniyatini yaratadi. Hozir o‘qitish usullarida virtual reallik (VR) dan foydalanish dars jarayonda qulay,keng imkonyatli va amaliy bo‘lmoqda. Bu esa VR texnologiyalar bilan natija samarali bo‘lmoqda. Masalan, VR simulyatsiyalari jarrohlik amaliyotida talabalarni yuqori daraja ko‘nikma hosil qilishiga va anatomiya bo‘yicha bilimlar olishiga ko‘maklashadi. VR texnologiyalar bugungi kunda ta’limni samarali, qiziqarli va amaliy tashkil qiluvchi vosita sifatida tezkor e’tibor qozonmoqda, bu ta’lim jarayonida ilmiy qiziqishning sezilarni o‘sishi bilan baholanmoqda (Checa & Bustillo, 2023).