Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ERIX MARIYA REMARK VA O‘TKIR HOSHIMOV ROMANLARIDA BADIIY PSIXOLOGIZM

Psixologizm, proza, roman, “yo‘qotilgan avlod”, patsifizm, mavzu, talqin, qahramon, tahlil.

Mualliflar

  • Oybek XOLMATOV Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi, PhD, Uzbekistan

Maqolada nemis va o‘zbek harbiy prozasida badiiy psixologizmning o‘rni masalasi Erix Mariya Remark va O‘tkir Hoshimov romanlari misolida tadqiq etilgan. Tahlil obyekti sifatida “Uch og‘ayni” va “Tushda kechgan umrlar” romanlari olingan. Har ikki yozuvchi mazkur asarlarida urush ishtirokchilarining psixologik holatini qahramon va muhit konflikti, davr va qahramon muammosi fonida aks ettirgan. Ayniqsa, bosh qahramonning urushga munosabati orqali mualliflar ilgari surgan patsifizm g‘oyasining ifodalanishi masalasi alohida e’tiborga molik. Bugungi adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni, xususan, romanlarni tahlil qilishda qahramon ruhiyati tasviri, personajlarning ichki nutqi kabi elementlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois urush mavzusidagi romanlar g‘oyasi, ularda ifodalangan muallif munosabatini belgilashda psixologizmning o‘rnini aniqlash dolzarb ilmiy masalalardan biriga aylanib bormoqda. Mazkur maqolada shu muammo o‘rganilib, mavzuga doir ilmiy manbalarga murojaat qilingan. Shuningdek, tahlillar jarayonida asarlarning badiiy matnidan misollar keltirilib, fikrlar ilmiy asosda dalillangan. Maqola yakunida tahlillar orqali olingan natijalar xulosalangan.