Ijtimoiy-gumanitar fanlar

LOBBISTIK VA DIPLOMATIK TA’SIRNING XALQARO MAYDONDAGI STRATEGIK AHAMIYATI

Parlament diplomatiyasi, lobbizm, xalqaro munosabatlar, qonunchilik, tashqi siyosat.

Mualliflar

  • Ildar AZIZOV O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlikni boshqarish oliy maktabi dotsenti, PhD, Uzbekistan

Maqolada parlament diplomatiyasining lobbistik va diplomatik ta’sir mexanizmi tahlil qilingan. Lobbizm milliy manfaatlarni ilgari surishda parlament a’zolarining xalqaro hamkorlari va jamoatchilikka ta’sir ko‘rsatish faoliyati sifatida izohlangan. Qonunchilik qarorlarining barqarorligi tashqi siyosatda uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi hamda ba’zan diplomatik jarayonlarga to‘siq bo‘lishi misollar orqali yoritilgan. Shu bilan birga, parlament diplomatiyasining siyosiy plyuralizm va ochiqlikka asoslangan zamonaviy diplomatiya tizimidagi ahamiyati ta’kidlangan.