Tabiiy fanlar

YANGI 1,2,4-TRIAZOL VA 1,2,4-TRIAZOL–TIAZIDIN HOSILALARINING SINTEZI VA REAKSION QOBILIYATI

1,2,4-triazol hosilalari, 1,3,4-oksadiazol, gidrazin gidrat, N-atsillanish, triazol-tiazidin, biologik faollik, atsillanish reaksiyalari, azot tutuvchi geterotsikllar,c IQ spektr, ¹H NMR, sintez, reaksion qobiliyat.

Mualliflar

  • Dilrabo BOBODO‘STOVA, O‘zR FA akademik S.Yunusov nomidagi o‘simlik moddalari kimyosi instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Asqar ABDURAZAKOV O‘zR FA akademik S.Yunusov nomidagi o‘simlik moddalari kimyosi instituti Laboratoriya mudiri, t.f.d., yetak.i.x, Uzbekistan
  • Dilnoza ISMAILOVA, O‘zR FA akademik S.Yunusov nomidagi o‘simlik moddalari kimyosi instituti, katta ilmiy xodimi, PhD, Uzbekistan

Ushbu ishda 1,2,4-triazcccol va 1,2,4-triazol-tiazidin hosilalari sintezi, ularning reaksion qobiliyati va tuzilishi o‘rganildi. Tadqiqotlar natijasida N-atsil-1,3,4-oksadiazol hosilalari gidrazin gidrat ishtirokida yuqori unum bilan 1,2,4-triazol hosilalariga aylantirildi. Shuningdek, epilepsiyaga qarshi faoliyat ko‘rsatadigan 4-(6-fenil-7H-[1,2,4]-triazol-[3,4-b]-[1,3,4]-tiazidin-3-il)anilin molekulasi asosida turli N-atsil hosilalari sintez qilindi. Birikmalar 1H YaMR va IQ spektral usullari yordamida tuzilishi tasdiqlandi. Sintez qilingan birikmalar yuqori biofaollik va farmakologik potensialga ega bo‘lib, ularning antibakterial, zamburug‘larga qarshi va boshqa biologik faolliklari uchun istiqbolli modda sifatida qaraladi. Ushbu natijalar farmatsevtik kimyo va biokimyoviy tadqiqotlarda yangi yo‘nalishlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.