Tabiiy fanlar

FOTOELEKTRIK-ISSIQLIK BATAREYADAGI GIDRODINAMIK JARAYONLARNING COMSOL MULTIPHYSICS DASTURIDA MODELLASHTIRILISH

fotoelektrik-issiqlik batareya, matematik modellashtirish, COMSOL Multiphysics, suyuqlik dinamikasi, turbulentlik modellashtirish, reynolds o‘rtacha Navier-Stokes (RANS), gidrodinamik jarayonlar, qisman differentsial tenglamalar.

Mualliflar

  • Shokir ABILFAYZIYEV Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Aniq va tabiiy fanlar kafedra mudiri, PhD , Uzbekistan

Ushbu maqolada suyuqliklar dinamikasini hisoblashning (Computational Fluid Dynamics, CFD) asosiy printsiplari va uning suyuqlik va gaz oqimlarini modellashtirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. CFD fizik tenglamalarni sonli usullar orqali yechish imkonini berib, turli muhandislik va ilmiy sohalarda keng qo‘llaniladi. Xususan, turbulentlik hodisasining murakkabligi, uning modellashtirishdagi asosiy qiyinchiliklari va mavjud yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada COMSOL Multiphysics dasturining CFD jarayonlarini modellashtirishda qo‘llanilishi, uning maxsus qisman differentsial tenglamalar asosida sonli yechimlarni amalga oshirish imkoniyatlari ta’kidlanadi. Ushbu yondashuvlar yordamida suyuqliklar va gazlarning harakati va gidrodinamik jarayonlar aniqroq va samaraliroq tahlil qilinadi, bu esa turli sohalarda texnologik jarayonlarni optimallashtirish va yangi dizaynlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.