Tabiiy fanlar

EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRIDA SANGUISORBA MINOR (POTERIUM POLYGAMUM WALDST. ET KIT.) O‘SIMLIGI FLAVONOIDLAR MIQDORINING O‘ZGARISHI

Sanguisorba minor (Poterium polygamum Waldst. et Kit.), flavonoidlar, rutin, apigenin, izoramnetin, kversetin, ekologik omillar, biologik faollik.

Mualliflar

Mazkur tadqiqot ishida Sanguisorba minor (Poterium polygamum Waldst. et Kit.) o‘simligining turli ekologik hududlarda o‘sish sharoiti uning kimyoviy tarkibiga, metabolitlar xususan, flavonoidlar miqdoriga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganildi. Namangan viloyati Pop tumani Rezaksoy hududi hamda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani O‘qchi qishlog‘idan olingan namunalar tahlili asosida rutin, apigenin, izoramnetin, gall kislotasi, giperazid va kversetin miqdorlari solishtirildi. Olingan natijalar ekologik omillar – iqlim, tuproq tarkibi va quyosh radiatsiyasi – flavonoidlarning biosintezi jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.