Tabiiy fanlar

TiO2 YUPQA PLYONKALARINING MORFOLOGIYASI, FAZAVIY TARKIBI VA VIBRATSION XOSSALARI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK

TiO₂ yupqa plyonkalar, Raman spektroskopiyasi, Infraqizil (IR) spektroskopiyasi, Kristall faza, Anatase va rutile, fonon rezonansi, Plyonka qalinligi, morfologik yaxlitlik.

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda TiO₂ yupqa plyonkalarining fizik-kimyoviy xususiyatlari Raman va infraqizil (IR) spektroskopiya yordamida batafsil o‘rganildi. Plyonka qalinligi oshishi bilan anataz va rutil fazalarining struktura yaxlitligi oshdi, fonon rezonansining intensivligi kuchaydi va yuzaki kimyoviy o‘zgarishlar kamaydi. Raman spektroskopiyasi kristallik darajasi va morfologik bir xillikni samarali baholadi, IR spektrlari esa Ti–O va Ti–O–Ti bog‘lanishlarining cho‘zilish va egilish vibratsiyalarini ko‘rsatdi. Mexanik kuchlanishlar va kimyoviy guruhlar 700–800 sm⁻¹ diapazonda aniqlangan. Natijalar TiO₂ plyonkalarining qalinligi va yuzaki xususiyatlari fotokatalitik va optoelektron qurilmalardagi samaradorligi uchun muhimligini ta’kidlaydi