Tabiiy fanlar

QISHLOQ VA SHAHAR AHOLISI O`RTASIDA ORTIQCHA TANA VAZNI VA SEMIRISHNING FIZIOLOGIK TAHLILI

Ketle indeksi, ateroskleroz, gipertoniya, qandli diabet, lipogenez, ekzogen semizlik, birlamchi semizlik, alimentar semizlik.

Mualliflar

Maqolada Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va Koson tumanida yashovchi 18-29 yoshli kishilardagi ortiqcha tana vazni va
semirish holati o‘rganilgan. Shaharda yashovchi erkak tekshiriluvchilarda ortiqcha tana vazni 50 % ni 1-2-3-4-darajali semizlik
tegishli holda 30%, 5%, 10% va 5% ni, qishloqda yashovchi erkak tekshiriluvchilarda esa ortiqcha tana vazni 58,4 % ni 1-darajali
semizlik 25 % ni, 2-darajali semizlik 11,1% ni 4- darajali semizlik esa 5,55 % ni tashkil etgan, qishloqda yashovchi erkaklarda 3-
darajali semizlik kuzatilmadi. Shaharda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarda ortiqcha tana vazni 29,2%, 1-darajali semizlik 41,7%, 2-
3-darajali semizlik 12,5% va 4-darajali semizlik esa 4,1% ni, qishloqda yashovchi xotin-qizlarda esa ortiqcha tana vazni 52,5 % ni
1-darajali semizlik 42,5 % ni, 2-darajali semizlik 2,5 % ni, 4- darajali semizlik esa 2,5 % ni tashkil etgan. Qishloqda yashovchi
xotin-qizlarda 3-darajali semizlik kuzatilmadi.