FARG‘ONA SHAHRI FLORASIDAGI RANUNCULACEAE JUSS. OILASI VAKILLARI.
##submission.downloads##
Ushbu maqolada Farg‘ona shahri florasida uchraydigan Ranunculaceae Juss. oilasiga mansub o‘simliklar tahlil qilingan. Dalada
olib borilgan kuzatuvlar hamda PoWo va Plantarium elektron bazalari asosida 4 turkumga mansub 9 tur aniqlangan. Ular orasida
Clematis L., Delphinium Tourn. ex L., Ranunculus L. va Thalictrum Tourn. ex L. turlari qayd etilgan. Floraning asosiy qismini o‘t
o‘simliklar tashkil etadi: 5 ta bir yillik, 3 ta ko‘p yillik va 1 ta buta turi (Clematis orientalis L.,) Ekologik guruhlar tarkibida mezofit
va kserofit turlar ustunlik qiladi, bu esa Farg‘ona shahrining kontinental iqlimi va urbanizatsiya darajasi bilan bog‘liq. O‘tkazilgan
tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Ranunculaceae vakillari turli yashash joylariga, jumladan, inson faoliyati ta’siridagi
hududlarga ham yaxshi moslashgan. Olingan ma’lumotlar Farg‘ona florasi haqidagi ilmiy ma’lumotlarni boyitadi va shahar
ekotizimlarining ekologik holatini baholashda foydalanilishi mumkin.
1. Флора Узбекистана. Т. I–XXI. - Ташкент: АН УзССР, 1951–1982.
2. Указ президента Республики Узбекистан 30.10.2019 г. N УП-5863.
3. Определитель растений Средней Азии. - Ташкент: ФАН, 1978–1993.
4. PoWo - Plants of the World Online. Royal Botanic Gardens, Kew. https://powo.science.kew.org
5. Plantarium - Плантариум: определитель растений онлайн. https://www.plantarium.ru
6. Kamelin, R. V. Флора и растительность Средней Азии. Ленинград: Наука, 1983.
Mulkiiyat (c) 2025 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..




.jpg)

.png)




