Tabiiy fanlar

SOʻX DARYOSI IXTIOFAUNASINING ZAMONAVIY TUR TARKIBI

So‘x, ixtiofauna, baliq xilma-xilligi, endemik tur, invaziv turlar, vertikal taqsimlanish.

Mualliflar

So‘x daryosi Fargʻona vodiysi ixtiofaunasining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada So‘x daryosida uchrovchi
baliq turlarining ilk bor to‘liq ro‘yxati keltirilgan. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bugungi kunda daryo ixtiofaunasi 4 turkum, 9 oila
va 13 urug‘ga mansub 14 turni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, turlarning daryo oqimi bo‘ylab taqsimlanishi o‘rganilib, uning yuqori
oqimida 3 tur, o‘rta oqimida 4 tur, quyi oqimida esa 13 tur qayd etildi. Daryoning endemik turi Triplophysa daryoae hozircha
faqatgina daryoning yuqori va o‘rta oqimlaridan qayd etilgan.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##