Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SOPOLLI MADANIYATI DIADEMALARI

Sopolli madaniyati, Sopollitepa, Jarqoʻton, Boʻston VI, diademalar tipologiyasi, bosh uchun moʻljallangan taqinchoqlar, barg, yarim oy va uchburchak roʻmol.

Mualliflar

##submission.downloads##

Sopolli madaniyati soʻnggi bronza davri((mil.avv. 2250-1300))da Shimoliy Baqtriya hududida shakllangan madaniyat boʻlib, ushbu madaniyatga oid yodgorliklardan juda koʻplab taqinchoqlar (toʻgʻnogʻich, diadem, sirgʻa, munchoq, marjon, shokila, tumor, bilaguzuk va uzuklar) topilgan. Ushbu taqinchoq tuplari orasida diedemalar oʻzining yasalish uslubi va jozibadorligi jihatidan alohida ajralib turadi. Diadema – bu tojning bir turi boʻlganligi uchun qadimgi davrlarda erkaklar maqomini bezash vazifasini bajargan.Ushbu maqolada Sopolli madaniyati yodgorliklaridan aniqlangan bosh uchun moʻljallangan taqinchoqlar sinfiga kiruchi 6 ta diademalar, ularning morfologik tiplari(barg, yarim oy va uchburchak roʻmol), vazifasi haqidagi ilmiy-tarixiy maʼluotlar yoritib oʻtilgan.