Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MANG‘ITLAR DAVRI SURXON VOHASI TARIXINI O‘RGANISHDA ARXIV MANBALARINING ILMIY AHAMIYATI

Mang‘itlar, Surxon vohasi, Buxoro amirligi, Rossiya imperiyasi, arxiv manbalari, siyosiy tarix, harbiy-siyosiy munosabatlar.

Mualliflar

Ushbu maqolada Mang‘itlar davrida, xususan XVIII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Surxon vohasida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va ma’muriy jarayonlar arxiv hujjatlari asosida tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi fondlarida saqlanayotgan hujjatlar vohaning strategik mavqeini, Buxoro amirligining harbiy-siyosiy faoliyati, Rossiya imperiyasining chorizm davridagi geosiyosiy manfaatlari hamda vohada yuz bergan hududiy o‘zgarishlarni yoritishda asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Maqola Mang‘itlar davri tarixining kam o‘rganilgan sahifalarini yoritib, arxiv materiallarining ilmiy-tarixiy ahamiyatini ochib beradi.