SA’DUDDIN TAFTAZONIY ILMIY MEROSINING TAHLILI XUSUSIDA
##submission.downloads##
Taftazoniyning ilmiy merosi juda keng va ko‘p qirrali bo‘lib, o‘zida islom falsafasi, kalom, mantiq, she’riyat, arab tili, geometriya
va boshqa qator fanlar bo‘yicha asarlarni qamrab oladi. Taftazoniy qirqdan ortiq kitob yozganligi ma’lum. Uning saqlanib qolgan
hamda alohida ahamiyat kasb etgan eng muhim va yirik asarlaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: “Tahzib al-mantiq val-
kalom” (“Mantiq va kalomga sayqal berish”), bizgacha Jaloliddin Davoniy va Kurdistoniylarning sharhlari orqali yetib kelgan;
“Maqosid fi ilm al-kalom” yoki “Maqosid at-tolibin fi usul ad-din” (“Din asoslarini izlovchilarning maqsadlari”). Bulardan
tashqari, “al-Mutavvol” (“Keng talqin”), “Muxtasar al-maoni” (“Qisqacha ma’nolar”), “al-Irshod al-hodiy” (“Yo‘l boshlovchi
rahbar”) asarlari ma’lum.
1. Корбен А. История исламской философии. -М.: Прогресс-Традиция, 2010. –С.268.
2. Brockelmann C. Geschichte der Arabischen Litteratur. Leipzig. C.F.Amelangs Verlag, 1909. –Р.207.
3. Skreslet P.Yo., Skreslet R. The literature of Islam… American Theological Library Association, 2006. –P.164
4. Skreslet P.Yo., Skreslet R. The literature of Islam… American Theological Library Association, 2006. –P.164
5. Са’ди ‘А.М. Исламское вероучение. Толкование акыды «Ан-Насафи». -Казань: ДУМ~РТ, 2009. –С.2.
6. Сафиуллина Р. Арабская книга в духовной культуре татарского народа. -Казань: Алма-Лит, 2003. –С.214.
7. Sa’duddin Taftazoniy. Sharh al-maqosid. J. I. – B. 5. Ushbu asar Azduddin Abdulvahhob Ibrohim az-Zanjoniyning
“Zanjoniy” asariga yozilgan sharh bo‘lib, alloma uni o‘n olti yoshida 738/1338 yili yozgan. Asar Kanstantinoplda 1253/1837,
Tehronda 1280/1884 (majmua tarkibida), Dehli shahrida Ahmad ibn Shoh Gulning “Miftah as-sa’oda” asari bilan birgalikda
1289/1872, 1295/1878, Qohira shahrida 1307/1889 yillarda nashr qilingan.
8. Sa’duddin Taftazoniy. Sharh al-Maqosid. J. I. – B. 8. Hoji Xalifani ta’kidlashicha, Taftazoniy ushbu asarni o‘g‘liga atab
Xorazmda 774/1372 yili yozib tugatgan. Asarga Muhammad ibn Ali al-Jurjoniy, Muhammad ibn Muhammad al-Buxoriylar
sharh yozishgan.
9. Sa’duddin Taftazoniy ushbu asarini 1355-1356 yillar orasida G‘ijduvonda yozib tugatgan. Ushbu asar Kalkutta shahrida
1228/1813 yili, Laknav shahrida 1231-1312/1816-1894 yillarda nashr qilingan.
Mulkiiyat (c) 2025 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..


.jpg)

.png)






