Ijtimoiy-gumanitar fanlar

DIPLOMATIK TIL TERMINOLOGIYASIDA SOHAVIY SO‘Z BIRIKMALARINING QO‘LLANILISHI

Diplomatiya, terminologiya, sohaviy so‘z birikmalari, ikki komponentli, leksik birliklar, murakkab terminlar, old qo‘shimchalar, predloglar, suffikslar.

Mualliflar

Ushbu maqolada terminlar, ularning yasalish yo‘llari va turlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, diplomatiya sohasida qo‘llaniladigan sohaviy so‘z birikmalari, ya’ni „Fachwortverbindungen“ haqida ma’lumot beriladi. Murakkab sohaviy so‘zlarning tasnifi ularning tuzilishiga ko‘ra, turli komponentlar sonidan iborat terminlarni farqlash imkonini beradi. Shu sababdan ular ikki, uch, to‘rt yoki besh so‘zdan iborat birikmalar deya tasniflanadi. Bu kabi birikmalarga misollar keltirilib, tahlilga tortiladi