Ijtimoiy-gumanitar fanlar

E.VOHIDOV SHE’RIYATIDA MUROJAAT SHAKLLARINING FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Murojaat, kommunikatsiya ishtirokchilari, poetik nutq, kommunikativ vazifa, semantika, ekspressiya, murojaat obyekti, adresat, muloqot

Mualliflar

Ushbu maqolani yozishda atoqli shoir Erkin Vohidovning o‘tgan asrning 70-80-yilar she’riyati tanlandi[1] va tahlilga nominativ asosga ega bo‘lgan leksik murojaatlar tortildi. Maqolada shoir she’rlarida qo‘llangan leksik murojaatlarning strukturaviy, vazifa va pragmatik xususiyatlari, ularning she’riy matnlarni tashkil etishdagi roli tahlil qilindi. Shuningdek, tahlillarda murojaatlarning muallif maqsadini ro‘yobga chiqarishdagi o‘rni, hissiy va baho (konnotativ) munosabatlarni ifodalashi va kommunikativ aloqani o‘rnatishdagi roli hamda ularning she’riy muloqotni tashkil qilishdagi ishtiroki malalariga e’tibor qaratildi. Tahlil natijalari o‘zbek she’riyatdagi leksik murojaatlarning kommunikativ va badiiy-estetik vazifalarini chuqurroq tushunishga yordam beradi