Ijtimoiy-gumanitar fanlar

JADIDLAR MUTAFAKKIRLARMIZNING TARBIYA HAQIDAGI QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHILARDA KASBIY MAʼNAVIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH

Jadidlar, tarbiya, ma’rifat, kasbiy ma’naviyat, ma’naviy qadriyatlar, pedagogik meros, o‘quvchi tarbiyasi, axloq, vatanparvarlik, mas’uliyat.

Mualliflar

Ushbu maqolada jadidlar – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqa ma’rifatparvar
mutafakkirlarning tarbiya haqidagi g‘oyalari asosida o‘quvchilarda kasbiy ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish masalasi yoritiladi.
Jadidlarning ma’rifat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, axloq, mas’uliyat va ma’naviy poklik haqidagi qarashlari zamonaviy ta’lim
jarayonining tarkibiy qismi sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu g‘oyalar asosida yosh avlodni kasbiy ma’naviyatga
tayyorlashning samarali usullari, innovatsion yondashuvlar va pedagogik texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari
jadidlar merosining bugungi ta’lim tizimi uchun dolzarbligini va o‘quvchilarda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishdagi
ahamiyatini asoslaydi.